🇺🇿🤝🇹🇯 Özbekiston va Tojikiston şaxmat federatsiyalari örtasida memorandum imzolandi !
11.11.2026
22
🇺🇿🤝🇹🇯 Özbekiston va Tojikiston şaxmat federatsiyalari örtasida memorandum imzolandi !
2026-yil 10-noyabr kuni Özbekiston Şaxmat federatsiyasi va Tojikiston Şaxmat federatsiyasi örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandumni imzolaş marosimi bölib ötdi.
«Memorandum Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisi örinbosari Komil Sindarov hamda Tojikiston şaxmat federatsiyasi prezidenti Zafar Mirzo tomonidan imzolandi».
«Tomonlar kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlikning mintaqaviy darajadagi tafsilotlarini muhokama qildi va munosabatlarni yanada rivojlantirişga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladi».
Memorandumda hamkorlikning quyidagi asosiy yönalişlari belgilangan:
— Ikki davlatda şaxmatni rivojlantiriş va aholi orasida ommalaştirişga qaratilgan qöşma loyiha va tadbirlar ötkaziş;
— Şaxmatçilar, murabbiylar va hakamlarning bir-birining musobaqalari, öquv-maşğulot yiğinlari va seminarlarida qatnaşişiga kömaklaşiş;
— Qöşma öquv-maşğulot yiğinlari va tayyorgarlik dasturlarini, jumladan ösmirlar va yoşlar terma jamoalari uçun taşkil etiş;
— Ikki tomonlama va xalqaro turnirlar, matç uçraşuvlari va örtoqlik musobaqalari ötkaziş;
— Murabbiylik, hakamlik va musobaqalar taşkil etiş böyiça tajriba almaşiş, qöşma seminar va master-klasslar ötkaziş;
— Bolalar va ösmirlar şaxmatini rivojlantiriş, iqtidorli şaxmatçilarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş;
— Şaxmat infratuzilmasini rivojlantiriş, hamkor va homiylarni jalb qiliş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş.
Memorandum 5 yil muddatga tuzildi.
Jahon toji uçun bahsga 13 kun qoldi!
🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial)
🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)