FIDE klassik şahmatda vaqt nazorati böyiça yangi qoidalarni tasdiqladi!
17.11.2026
50
FIDE klassik şahmatda vaqt nazorati böyiça yangi qoidalarni tasdiqladi!
Xalqaro Şahmat Federatsiyasi (FIDE) klassik şahmat musobaqalarida qisqartirilgan vaqt nazoratlarini qöllaşga oid yangi qarorni e’lon qildi. Özgarişlar 2026-yil 13-noyabrdan kuçga kirdi.
Yangi qoidalarga köra:
60+30 — har bir şahmatçiga 60 daqiqa va har bir yuriş uçun 30 soniya qöşimça vaqt beriladigan format endilikda klassik şahmat sifatida tan olinadi. Bu vaqt nazoratidagi musobaqalar maxsus ruxsatsiz FIDE standart reytingi va xalqaro unvon normalari uçun hisobga olinadi.
45+30 — ushbu formatdan FIDE Circuit talablariga javob beradigan musobaqalarda yoki reytingi 2400 dan yuqori şahmatçilar iştirok etmaydigan turnirlarda foydalanişga ruxsat beriladi.
Asosiy çeklovlar:
• Unvon normalari hisobga olinadigan musobaqalarda bir kunda ikki turdan ortiq ötkaziş mumkin emas.
• Qisqartirilgan vaqt nazoratidagi musobaqalarda bajarilgan normalardan faqat bittasi muayyan xalqaro unvon uçun hisobga olinadi.
• Faqat reyting hisoblanadigan musobaqalarda kunlik umumiy öyin vaqti 12 soatdan oşmasligi şarti bilan ikki turdan köproq ötkaziş mumkin.
FIDE dekabr oyida milliy federatsiyalar iştirokida ötkaziladigan navbatdan taşqari Bosh Assambleyada mazkur özgarişlarni yana muhokama qiladi. Muhokamalar natijasida qoidalarga qöşimça tuzatişlar kiritilişi mumkin.
Manba: FIDE rasmiy sayti (https://www.fide.com/faster-60-and-45-minute-time-controls-now-eligible-for-ratings-and-norms-federations-to-review-changes/)
Jahon toji uçun bahsga 8 kun qoldi!