Group
Home
●
News
●
calendar 20.11.2026
view 39
JAHON TOJI TARIXIDAGI ENG ŞOV-ŞUVLI UÇTA BAHS
Şahmat böyiça jahon çempionligi matçlari tarixida şunday voqealar bölganki, ular oradan önlab yillar ötgan bölsa-da, hanuzgacha muxlislar yodida. 1972-yil. Bobby Fischer — Boris Spassky: 0:2 dan jahon çempionligiga Islandiyaning Reykjavik şahrida amerikalik Bobby Fischer amaldagi jahon çempioni Boris Spasskyga qarşi bahs olib bordi. Bobby Fischer birinçi partiyada mağlub böldi, ikkinçi partiyaga esa kelmagani uçun texnik mağlubiyat oldi. Hisob 0:2 bölişiga qaramay, u matçni davom ettirib, yakunda 12,5:8,5 hisobida ğalaba qozondi va 11-jahon çempioniga aylandi. 1984–1985-yillar. Anatoly Karpov — Garry Kasparov: 48 partiyalik yakunsiz matç Moskva şahrida Anatoly Karpov va Garry Kasparov örtasida 1984-yil sentabr oyida boşlangan Jahon toji bahsi 1985-yil fevraligacha davom etdi. Jami 48 ta partiya öynaldi. Ulardan 40 tasi durang bilan tugadi. Anatoly Karpov 5:3 hisobida oldinda borayotgan bir paytda FIDE prezidenti Florencio Campomanes qarori bilan matç ğolib aniqlanmasdan töxtatildi. 1985-yilda ötkazilgan yangi matçda Garry Kasparov ğalaba qozonib, 13-jahon çempioniga aylandi. 2016-yil. Magnus Carlsen — Sergey Karjakin: Jahon toji tay-brekda hal bölgan New York şahrida Magnus Carlsen va Sergey Karjakin örtasidagi 12 ta klassik partiya 6:6 hisobida yakunlandi. Şundan söng ötkazilgan 4 ta rapid partiyada Magnus Carlsen 3:1 hisobida ğalaba qozonib, jahon çempioni unvonini saqlab qoldi. Endi esa şahmat olamining e’tibori Geneva şahriga qaratilmoqda. 24-noyabr kuni amaldagi jahon çempioni Gukesh Dommaraju va hamyurtimiz Javohir Sindarov örtasida Jahon toji uçun tarixiy bahs boşlanadi. Bu matç ham şahmat tarixidagi unutilmas qarama-qarşiliklardan biriga aylanadimi? Jahon toji uçun bahsga 4 kun qoldi! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
timeline


Pages cancel
Languages