Group
Asosiy
Tarix
Tarix
timeline
O‘zbekistonda shaxmat tarixi haqida hujjatli film suratga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Milliy PR-markaz O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda shaxmatga bag‘ishlangan film yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Milliy PR-markaz va O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida O‘zbekistonning shaxmat sohasida xalqaro miqyosda turizm va sport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, 30-35 daqiqalik hujjatli film yaratish, uni mamlakatda va xorijda ommalashtirish hamda shaxmat sportini yanada rivojlantirish vazifalari belgilandi.
2025
historyImage
O‘zbekiston tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Chennay (Hindiston) shahrida o‘tkazilgan 44-shaxmat olimpiadasining 11-turida Gollandiya jamoasini mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. 9-avgust kungi so‘nggi uchrashuv 2,5:1,5 hisobida yakunlandi. 20 yoshli Nodirbek Yoqubboyev dastlab mag‘lubiyatga uchrayotgandi, biroq vaziyatni o‘nglab, durangga erishdi.O‘zbekistonlik shaxmatchi 11 tur davomida besh g‘alaba, olti durang qayd etdi va mag‘lubiyatga uchramadi (11 tadan 8 ochko). 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov va dunyoning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi qatoridan joy olgan 28 yoshli Anish Giri o‘rtasidagi bahs ham durang bilan yakunlandi. Abdusattorov ustunlikka ega edi, g‘alaba qozonsa, u 2700+ reytingli shaxmatchilar safiga qo‘shilishi mumkin edi

2022
historyImage
Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjondagi turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilib, g‘oliblar ikki turnir natijalarining umumiy yig‘indisi bo‘yicha aniqlandi. 10-marotaba tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirda 8 nafar grossmeyster ishtirok etdi, jumladan, Nodirbek Abdusattorov ham bor edi. Nodirbek blits bahslarida 10 ochko jamg‘arib, ajoyib natija qayd etdi. Rossiyalik Yan Nepomnyashiy ikkinchi, hindistonlik Aravindh Chitambaram esa uchinchi o‘rinni egalladi. Rapid bahslarida esa Nodirbek 8 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi.

2018
historyImage
Shaxmat vatani Oʻzbekistonmi?

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori Yuriy Buryakov shaxmat tarixida muhim kashfiyot qildi. 1990 yilda u Samarqandning qadimiy qismi – Afrosiyobda olib borilgan qazilmalar davomida fil suyagidan yasalgan 7 dona shaxmat haykalchasini topdi. Bu, hozirgacha topilgan eng to‘liq shaxmat to‘plami hisoblanadi. 1996 yilda yapon arxeologlari O‘zbekiston janubidagi qadimiy Dalvarzintepa hududida Kushon imperiyasi davriga oid ikkita noyob shaxmat haykalchasini aniqlashdi. Bu esa miloddan avvalgi II asrdayoq qadimiy O‘zbekistonda shaxmat o‘yinining mavjud bo‘lganini anglatadi.

2004
historyImage
Roppa-rosa 16 yil muqaddam o‘zbek o‘g‘loni dunyo shaxmat tojini qo‘lga kiritgan ed

Rustam Qosimjonov 1979-yil 5-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U yoshligidan shaxmatga qiziqib, 5 yoshidan boshlab jiddiy shug‘ullangan. 15 yoshida Osiyo chempioni bo‘lgan. 1997-yilda, 18 yoshida xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tib, kattalar o‘rtasida ham qit’ada yetakchi ekanligini isbotlab, jahon shaxmat maydonida o‘z o‘rnini topdi.2004-yilgi Jahon shaxmat chempionati Liviyada o‘tkazildi. O‘sha paytda Qosimjonov FIDE reytingida 54-o‘rinda edi. Siyosiy sabablarga ko‘ra ba’zi kuchli shaxmatchilar turnirda qatnashishdan bosh tortdi. Bu esa aynan kuchga to‘lgan Qosimjonov uchun katta imkoniyat edi. Shunga qaramay, Liviyada deyarli barcha kuchli shaxmatchilar jam bo‘ldi

Sahifalar cancel
Tillar