Natus Vincere kibersport klubi uch nafar shaxmatchi bilan shartnoma imzoladi. Maʼlum qilinishicha, Nodirbek Abdusattorov, Uesli So va Aleksandr Bortnik Ukrainaning mazkur kibersport klubi safida o‘yin o‘tkazadi.Jamoa Chessable Masters onlayn turnirida o‘z ishtirokini boshlaydi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil etadi. Eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 12 nafar shaxmatchi 31-iyul - 3-avgust kunlari Ar-Riyodda o‘tkaziladigan Esports World Cup (Kibersport bo‘yicha jahon chempionati)da ishtirok etadi. Mazkur musobaqaning sovrin jamg‘armasi 1,5 mln dollardan iborat bo‘ladi.
Dastlabki uchta doskadagi o‘yinlar durang bilan yakunlandi. Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Maksim Vashe-Lagrave, Nodirbek Yoqubboyev Eten Bakrot va Javohir Sindarov esa Loran Fressine bilan o‘ynadi.Oxirgi tur oldidan Xitoy 17 ochko bilan ikkinchi, Sloveniya esa uchinchi (16) o‘rinda edi. Yana sakkizta jamoa, jumladan, O‘zbekiston hisobida 15 ochko bor edi. Jami 10 ta jamoa medallar uchun kurash olib bordi.Birinchi doskada 20 yoshli Nodirbek Abdusattorov 11 tur davomida natijasini yaxshilab, 11 tadan 9 ochko jamg‘ardi. U 7 ta g‘ala
Varshava (Polsha) shahrida bo‘lib o‘tgan FIDE jahon tezkor shaxmat chempionatida Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.17 yoshli o‘zbekistonlik grossmeyster (FIDE reytingi: 2633) dunyoning kuchli shaxmatchilari Levon Aronyan (2772) va Fabiano Karuanani mag‘lub etdi. Shuningdek, u Radoslav Voytashek va Boris Gelfandni ham ortda qoldirdi.10-turda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Rossiyalik Vladimir Fedoseyev (11-tur) va hindistonlik Gukesh Dommarajuga (12-tur) qarshi o‘yinlari esa durang bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston Shaxmat Federatsiyasida yil laureatlari Respublika ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar shaxmat maktabida taqdirlandi. 2018-yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek shaxmat maktabining bugungi holati, mamlakatimiz shaxmatchilarining xalqaro turnirlar va jahon chempionatlarida erishayotgan yutuqlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida shaxmatning fan sifatida oʻqitilishi kabi masalalar muhokama qilindi. Shundan soʻng, 2018-yil yakunlariga koʻra turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.