Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 17.10.2025
view 23
Xalqaro shaxmat akademiyasida 8, 10, 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon chempionati natijalari tahlil qilindi
timeline

Kuni kecha, 16-oktyabr kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida joriy yilning 18–30-sentabr kunlari Qozog‘istonda o‘tkazilgan 8, 10, 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining natijalari chuqur tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi menejerlari Olga Sobirova va Rustam Abdusaitov musobaqada ko'rsatilgan natijalar yuzasidan o‘z xulosalarini taqdim etdilar.

Menejerlar tomonidan qayd etilgan bolalarning kamchiliklari va mavjud muammolar federatsiya rahbariyati tomonidan o‘rganilib, 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar uchun “Yosh yulduzlar” tarkibini shakllantirish vazifasi menejerlarga topshirildi.

Mazkur tashabbus mamlakatimizda yosh shaxmatchilarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularning salohiyatini rivojlantirish hamda kelgusida Jahon va Osiyo chempionatlarida yuqori natijalarga erishish uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

Sahifalar cancel
Tillar