Joriy yilning 16–20-oktyabr kunlari Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘tkazilayotgan “Toshkent kuzi – 2025” reytingli turniri doirasida “D” guruhi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqada respublika sovrindorlari, yuqori reytingli hamda iqtidorli 6 nafar shaxmatchi qizlar bilan bir qatorda, taklif etilgan 4 nafar kuchli shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Turnir standart yo‘nalishda, aylanma tizimda tashkil etilgan bo‘lib, jami 9 turdan iborat.