Joriy yilning, 18-oktyabr kuni Namangan shahridagi Yoshlar markazi shaxmat klubida rapid yo‘nalishida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqalar shveysarcha tizim asosida 7 turdan iborat tarzda o‘tkazildi. Har bir ishtirokchiga 10 daqiqa + 2 soniya vaqt ajratildi.
Turnirda Namangan shahri va tumanlaridan tashrif buyurgan 40 nafardan ortiq shaxmatchilar o‘zaro kuch sinashdilar.