 
		Xalqaro grossmeyster, O‘zbekiston faxriy sportchisi Rustam Qosimjonov rahbarligida “Qiyin vaziyatlarni himoyalash” mavzusida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Ustoz shaxmatchi mashg‘ulot davomida o‘yin davomida yuzaga keladigan murakkab holatlarni tahlil qilish, raqibning hujumlarini to‘g‘ri baholash hamda himoya strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Yig‘in milliy terma jamoa a’zolari uchun shaxmat bo‘yicha tayyorgarlik darajasini oshirish, xalqaro musobaqalarga samarali tayyorlanish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.