Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 25.10.2025
view 53
Osiyo chempionati – Ulan-Bator 2025
timeline

Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida davom etayotgan 7–17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo chempionatining rapid yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi.

9 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Sidikov Shohjahon 5,5 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi.

15 yoshgacha qizlar o‘rtasida esa Olimova Ruqiya kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Azamkhujaeva Mohinur va Asadova Madinabonu ozgina omad yetishmay, yakunda 4-o‘rinni egallashdi.

Musobaqa hali davom etmoqda — ertaga vakillarimiz standart yo‘nalishdagi bahslarni boshlashadi.


Sahifalar cancel
Tillar