Joriy yilning 18–25-oktabr kunlari Niderlandiyaning Xogeven shahrida nufuzli “Hoogeveen Open 2025” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada dunyoning 19 mamlakatidan 224 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini xalqaro grossmeysterlar Abdimalik Abdisalimov (2501) va Ortiq Nigmatov (2485) himoya qildilar.