Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 31.10.2025
view 19
Osiyo chempionatida yana yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi!
timeline

Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida davom etayotgan 7–17 yoshgacha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo chempionatining standart yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi.

9 yoshgacha qiz bolalar o‘rtasida oltin va kumush medallarni vakillarimiz qo‘lga kiritishdi:

Asadova Madinabonu — 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni egalladi;

Bozorova Farzonabonu — 7,5 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi; (qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga).

13 yoshgacha qiz bolalar o‘rtasida Xikmatkhonova Mohinur 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘plab, kumush medal sohibasiga aylandi:

15 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Nematov Tohir 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yosh shaxmatchilarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Sahifalar cancel
Tillar