Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 04.11.2025
view 34
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida VII xalqaro jamoaviy shaxmat turniri – Xitoyda!
timeline

Joriy yilning 4–8-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xarbin shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida VII xalqaro jamoaviy shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada 10 davlatdan 12 jamoa ishtirok etadi. Har bir jamoa tarkibi 4 nafar (3 nafar erkak va 1 nafar ayol) sportchidan iborat bo‘ladi.

O‘zbekiston sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:

Bahrom Baxrillayev – FIDE sport ustasi (2425)

Muhammadali Abdurahmonov – Xalqaro sport ustasi (2369)

Asrorjon Omonov – FIDE sport ustasi (2348)

Nilufar Imomkuzieva – Ayollar FIDE sport ustasi (2104)

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 150 000 yuanni tashkil etadi. G‘olib va sovrindorlar diplom, kubok va medallar bilan taqdirlanadi.

Sahifalar cancel
Tillar