Yurtimiz vakilasi Afruza Hamdamova xalqaro maydonda erishgan yuksak natijalari va barqaror o‘yini evaziga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan ayollar o‘rtasida xalqaro grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mazkur unvon Afruzaning yillar davomida olib borayotgan tinimsiz mehnati, fidoyiligi va O‘zbekiston shaxmat maktabining samarali tizimi natijasidir.
Afruza Hamdamovani ushbu tarixiy yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi xalqaro musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz.