Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 13.11.2025
view 47
O‘zbekiston shaxmatchilari FIDE Jahon kubogining 5-bosqichida!
timeline

Joriy yilning 11–13-noyabr kunlari turnirning 4-bosqichi doirasida asosiy va tay-brek bahslari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboev hindistonlik Pranav V bilan dastlabki bahsda 0,5:0,5 hisobida durang o‘ynab, javob uchrashuvida 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, 5-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov esa xitoylik yetakchi shaxmatchi Yu Yangyi bilan dastlabki bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi. 13-noyabr kuni o‘tkazilgan tay-brek uchrashuvida Sindarov 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozonib, 5-bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Shaxmatchilarimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz!

Sahifalar cancel
Tillar