Joriy yilning 10–17 noyabr kunlari Ozarbayjonning Ganja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Ganja Open-2025” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada dunyoning 12 mamlakatidan 302 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston nomidan esa 2 nafar shaxmatchi qatnashmoqda.
Ma’lumot uchun, turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 41 200 manatni tashkil etadi. Shundan “A” guruhi uchun — 31 450 manat, “B” guruhi uchun — 6 710 manat, rapid va blits yo‘nalishlariga esa 1 520 manat ajratilgan.
4-turdan so‘ng o‘zbekistonlik shaxmatchilarning natijalari quyidagicha:
➡️Suyarov Muhammadzohid: 3,5 ochko, 4-o‘rin (reytingi 2487, xalqaro sport ustasi)
➡️Matyakubov Miraziz: 2 ochko, 33-o‘rin (reytingi 2095, FIDE sport ustaligiga nomzod)