Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 16.11.2025
view 35
Boʻstonliqda milliy terma jamoa o‘quv-yig‘ini: Qosimjonov, Abdusattorov, Vohidov va Vityugov bir safda!
timeline

Joriy yilning, 14–22 noyabr kunlari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Sherwood Resorts” oromgohida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zolari uchun navbatdagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Mazkur oʻquv yigʻiniga yurtimizning yetakchi grossmeysterlari – Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov faol ravishda jalb etilgan. Ular Bosh murabbiy, sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shuningdek, terma jamoamiz tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida rossiyalik taniqli grossmeyster va murabbiy Nikita Vityugov ham mashgʻulotlarga yordamchi sifatida taklif etilgan.

Boʻstonliqning soʻlim tabiati, zamonaviy sharoitlarga ega “Sherwood Resorts” bazasi va yuqori malakali murabbiylar shtabi – bularning barchasi terma jamoamiz a’zolariga muhim startlar oldidan maksimal darajada sifatli tayyorgarlik koʻrish imkonini bermoqda.

Sahifalar cancel
Tillar