O‘zbekiston vakili, xalqaro toifadagi sport ustasi (IM) Suyarov Muhammadzohid Ozarbayjonning Ganja shahrida o‘tkazilgan “Ganja Open-2025” xalqaro shaxmat festivali Blitz yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.
➡️Chess-Results (https://chess-results.com/tnr1251559.aspx?lan=11&art=1&rd=9&turdet=YES&flag=30)platformasida e’lon qilingan yakuniy natijalarga ko‘ra, u 9 tur davomida 7,5 ochko jamg‘arib, kuchli raqobatga qaramay turnir jadvalida peshqadam bo‘ldi.
➡️Suyarov yuqori reytingli ishtirokchilarni ortda qoldirishga erishib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham raqiblaridan ustun chiqdi va Blitz yo‘nalishining mutlaq g‘olibi deb topildi.
Shaxmatchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!