Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 18.11.2025
view 66
FIDE Jahon kubogi 2025
timeline

Hindistonning Goa shahrida 30 oktabr – 27 noyabr kunlari o‘tayotgan nufuzli “FIDE Jahon kubogi 2025” xalqaro turniri qizg‘in pallaga kirdi.

Musobaqada dunyoning 89 mamlakatidan 206 nafar kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Jahon kubogi g‘olib va sovrindorlari (1–3-o‘rin) 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan FIDE nomzodlar turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

17–18 noyabr kunlari o‘tkazilgan 1/4 final bosqichida:

Nodirbek Yakubboyev – Germaniya shaxmatchisi Aleksandr Donchenko uchrashuvi 1,5:0,5 hisobida yakunlandi.

Yakubboyev ishonchli g‘alabaga erishib, yarim final (7-bosqich) yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Javohir Sindarov – Meksikalik yetakchi shaxmatchilardan biri Xose Martinez uchrashuvi esa ikki o‘yinga ko‘ra 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

Ertaga, 19-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da tay-brek bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda Javohir Sindarov Xose Martinez bilan yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Shaxmatchilarimizga omad tilaymiz!

Sahifalar cancel
Tillar