Xabaringiz bor, (https://t.me/Uzbchessfederation/2505) joriy yilning 17–23 noyabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida shaxmat bo‘yicha “World Women’s Team Championship 2025” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada 12 ta davlat jamoasi ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “B” guruhida Gruziya, Xitoy, Hindiston, Fransiya va Ukraina jamoalari bilan birga bellashdi va 5 tur yakuniga ko‘ra 4-o‘rinni egallab, nokaut bosqichiga yo‘llanma oldi.
“B” guruhi yakuniy natijalari:
1-o‘rin – Gruziya (8 ochko)
2-o‘rin – Xitoy (7 ochko)
3-o‘rin – Hindiston (6 ochko)
4-o‘rin – O‘zbekiston (4 ochko)
5-o‘rin – Fransiya (3 ochko)
6-o‘rin – Ukraina (2 ochko)
Ertaga, 21-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadigan chorak finalda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi:
– Gulruhbegim Tohirjonova 2369
– Umida Omonova 2289
– Guldona Karimova 2286
– Madinabonu Xalilova 2228
– Nafisa Mo‘minova, terma jamoa menejeri, jamoa rahbari.