Joriy yilning, 1–8 dekabr kunlari Filippinning Tagaytay shahrida nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida III Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada 6 ta davlatdan 43 nafar sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Zayniiddinov Sirojiddin, Dusdmurodov Bobur, Kimsanboev Ahadxon va Safarov Azizbek kabi yetakchi shaxmatchilarimiz chempionatda mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar.
Musobaqada—ko‘rishida, tayanch-harakat tizimida hamda eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxmatchilar uchun alohida yo‘nalishlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Turnir standart, rapid va blits yo‘nalishlarida, 9 turdan iborat shveysar tizimida tashkil etiladi.
O‘zbekiston terma jamoasiga mazkur nufuzli chempionatda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!