Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovda ketma-ket g‘alaba!
Buyuk Britaniyaning London shahridagi Emirates Stadium majmuasida shaxmat bo‘yicha London Chess Classic 2025 turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada dunyoning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi qatorida yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
➡️Birinchi turda britaniyalik grossmeyster Gawayn Jones bilan durang qayd etgan hamyurtimiz keyingi oltita turda ketma-ket g‘alaba qozondi.
➡️Ikkinchi turda oq donalarda AQSh sharafini himoya qilayotgan hindistonlik Mishra Abhimanyuni,
➡️Uchinchi turda qora donalarda Angliya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik grossmeyster Nikita Vityugovni,
➡️To‘rtinchi turda esa 54 yoshli britaniyalik chempion Michael Adamsni mag‘lub etdi.
➡️Beshinchi turda qora donalarda AQSh chempioni Sam Shanklandni taslim qilgan edi. Mazkur turda faqat Abdusattorov g‘alaba qozondi, qolgan barcha uchrashuvlar durang bilan yakunlandi.
➡️Kecha o‘tkazilgan 7-turda Abdusattorov oq donalarda ingliz grossmeysteri Luke McShaneni mag‘lub etib, ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u 6,5 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda.
➡️Uning eng yaqin ta’qibchisi — turnirning birinchi raqam ostida ishtirok etayotgan fransiyalik Alireza Firouzja undan 2 ochkoga ortda bormoqda. 8-turda ular o‘zaro to‘qnash kelishadi. Kamida durang natija Abdusattorovni muddatidan avval London Chess Classic 2025 chempioniga aylantiradi.