Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 03.12.2025
view 48
VI Elllobregat Open Chess – 2025
timeline

Joriy yilning 28-noyabr – 8 dekabr kunlari Ispaniyaning San-Boy-de-Llobregat (Barselona) shahrida shaxmat bo‘yicha “El Llobregat Open Chess – 2025” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Shveysarcha tizimda o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada 33 davlatdan 213 nafar yetakchi shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqa ikki guruhda o‘tkazilmoqda:

A guruhi – xalqaro reytingi 2150 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida 10 tur;

B guruhi – xalqaro reytingi 2300 dan past bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida 9 tur.

Ushbu musobaqaning “A” guruhida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining 6 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.

1. Umida Omonova— Ayollar xalqaro sport ustasi, reytingi 2289

2. Guldona Karimova— Ayollar xalqaro sport ustasi, reytingi 2286

3. MadinaBonu Xalilova— Ayollar xalqaro sport ustaligiga nomzod, reytingi 2228

4. Asal Salimova— Ayollar FIDE sport ustasi, reytingi 2139

5. Nilufarkhon Imomquzieva— Ayollar FIDE sport ustasi, reytingi 2104

6. Marjona Malikova— Ayollar xalqaro sport ustasi, reytingi 2051


Sahifalar cancel
Tillar