Joriy yilning 3–13-dekabr kunlari poytaxtimizda o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 16 davlatidan 353 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Musobaqa “Masters”, “Open-A” hamda “Open-B” guruhlarida o‘tkazilmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi 80 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, yoshlar, ayollar, faxriylar va o‘smirlar o‘rtasida alohida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
“Masters” guruhida jahon shaxmatining yetakchi vakillari — Nihal Sarin, Shant Sargsyan, Aleksandr Grishchuk, Frederik Svayn kabi kuchli grossmeysterlar bilan birga o‘zbekistonlik yetakchi shaxmatchilar ham sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bormoqda.