Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 09.12.2025
view 68
“VI Ellobregat Open Chess – 2025” xalqaro turniri yakunlandi
timeline

Joriy yilning, 28-noyabr – 8-dekabr kunlari Ispaniyaning San-Boy-de-Llobregat (Barselona) shahrida “El Llobregat Open Chess – 2025” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. 

Turnirning “A” guruhida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining 6 nafar a’zosi qatnashdi. Omonova Umida va Karimova Guldona ayollar xalqaro grossmeysteri unvonini, Xalilova Madinabonu esa ayollar xalqaro toifadagi sport ustasi normativini bajardi. Umida Omonova ayollar o’rtasida 3-o’rinni oldi.

Sportchilarimiz reyting o‘sishi bo‘yicha ham yaxshi natijalarni qayd etishdi. Imomquzieva Nilufarkhon +52,8, Xalilova Madinabonu +45,6 va Omonova Umida +39,8 reyting ochkosini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi.


Sahifalar cancel
Tillar