Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 09.12.2025
view 306
“Vugar Gashimov Memorial – 2025” xalqaro turniri boshlandi
timeline

Shu yilning, 9–11-dekabr kunlari Xankendi shahrida (Ozarbayjon) shaxmat bo‘yicha “Vugar Gashimov Memorial – 2025” XI xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Turnirda 5 davlatdan 6 nafar dunyoning kuchli shaxmatchilari ishtirok etmoqda. Ular orasida Yan Nepomnyashiy, Vladimir Fedoseev, Rauf Mamedov bilan bir qatorda O‘zbekiston vakili Nodirbek Yakubboev ham bor.

Musobaqaning 2-turida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev Aydin Suleymanli ustidan g'alaba qozondi.


➡️Musobaqa ishtirokchilari:

1. Yan Nepomnyashiy (Rossiya) — 2762/2801

2. Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — 2740/2752

3. Rauf Mamedov (Ozarbayjon) — 2610/2612

4. Amin Tabatabai (Eron) — 2579/2565

5. Nodirbek Yakubboev (O‘zbekiston) — 2558/2564

6. Aydin Suleymanli (Ozarbayjon) — 2533/2584

Sahifalar cancel
Tillar