Joriy yilning, 8–11 dekabr kunlari Keyptaun shahrida (Janubiy Afrika) nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” (https://www.freestyle-chess.com/) musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etdi.
✔️Javohir Sindarov natijalari:
— Guruh bosqichi: 1-o‘rin (5,5 ochko)
— Chorak final: Parham Magsudluga qarshi 2:0 hisobida g‘alaba
— Yarim final: Magnus Karlsenga 1,5:2,5 hisobida mag‘lubiyat
— 3-o‘rin uchun bahs: Vinsent Keymerga 0:2
✔️Natijada Javohir Sindarov musobaqani 4-o‘rin bilan yakunlab, 60 000 AQSh dollari mukofotni qo‘lga kiritdi.
➡️Final bahsi:
Lеvon Aronyan (AQSh) Magnus Karlsеnni 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibi va 200 000 AQSh dollari sovriniga ega bo‘ldi.