Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 16.12.2025
view 58
Para shaxmatchilar hamda faxriy shaxmatchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi
timeline

Joriy yilning 20–26 dekabr kunlari Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o'tkaziladi.

Faxriy shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda 60 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Para shaxmatchilar o‘rtasidagi musobaqalar esa nogironligi bo‘lgan barcha shaxmatchilar ishtirokida o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqa mamlakatimizda shaxmat sportini rivojlantirish, para shaxmatchilar va faxriy sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning sport mahoratini yanada oshirishga qaratilgan.

Nizom bilan tanishish. (https://t.me/shaxmat_nizomlari/4)

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998940240282


Sahifalar cancel
Tillar