Joriy yilning, 16–21 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat bo‘yicha 9–17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada yuqori natija qayd etib, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi:
— 5 ta oltin
— 2 ta kumush
— 5 ta bronza
Ushbu natija bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rin musobaqa mezboni Turkiya terma jamoasiga nasib etdi (8 ta medal). Kuchli uchlikni FIDE jamoasi 6 ta medal bilan yakunladi.
E’tiborlisi, qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasi ham chempionatda munosib ishtirok etib, 9 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan jami 13 ta medal jamg‘ardi va 8-o‘rinni egalladi.
Terma jamoamizni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz!