➡️Bugun, 22-dekabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha 9–17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi a’zolari “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
➡️Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16–21 dekabr kunlari o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada 33 ta davlatdan 314 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda 36 nafar iqtidorli shaxmatchi bilan qatnashib, yuqori natija qayd etdi.
➡️Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi rapid va blits bahslarida jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi:
• 5 ta oltin
• 2 ta kumush
• 5 ta bronza
➡️Ushbu natija bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Jahon chempionatida medalga sazovor bo‘lgan shaxmatchilar:
• Omonov Asrorjon — 17 yoshgacha, rapid, oltin medal
• Begmuratov Xumoyun — 15 yoshgacha, rapid, oltin medal; blits, bronza medal
• Olimova Ruqiya — 15 yoshgacha (qizlar), rapid, oltin medal
• Xalilova Madinabonu — 17 yoshgacha (qizlar), rapid, kumush medal; blits, oltin medal
• Komiljonova Lazizabonu — 13 yoshgacha (qizlar), blits, oltin medal
• Botiraliev Abdimajid — 13 yoshgacha, rapid, kumush medal
• Xikmatxonova Moxinur — 13 yoshgacha (qizlar), blits, bronza medal
• Xusnitdinova Xusnoraxon — 11 yoshgacha (qizlar), blits, bronza medal
• Abduxakimov Akbarali — 17 yoshgacha, blits, bronza medal
• Ne’matillaxonov Nurmuhammad — 9 yoshgacha, rapid, bronza medal
Barcha yoshlarimizni samimiy qutlaymiz!