Joriy yilning 20–25-dekabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Faxriylar va Para shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi, viloyat Shaxmat federatsiyasi raisi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, chempionatni rasman ochib berdi.
✔️ Chempionat 3 ta yo‘nalishda, shveysarcha tizimi asosida 7 turda o‘tkazilmoqda. Unda:
para shaxmatchilar (erkaklar),
para shaxmatchilar (ayollar),
60 yoshdan oshgan faxriy shaxmatchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar tashkil etilmoqda.
Musobaqa yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.