Joriy yilning 23–27-dekabr kunlari O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tashabbusi bilan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh shaxmatchilarning sport mahoratini yanada oshirish, ularni kelgusida Jahon va Osiyo chempionatlarida yuqori natijalarga erishishga tayyorlash, shuningdek, Olimpiada chempionlarimizga munosib avlodni shakllantirishdan iborat.
O‘quv-yig‘in jarayonlarini olib borish uchun tajribali xalqaro toifadagi sport ustasi, oliy toifadagi murabbiy Akmal Fayzullayev jalb etilgan.
Shuningdek, yosh shaxmatchilarning bilim va tajribasini boyitish maqsadida Qozog‘istonlik grossmeyster Kazhg‘aleyev Murtas tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda.