Joriy yilning 20–25-dekabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Faxriylar va Para shaxmatchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra faxriy shaxmatchilar o‘rtasida quyidagi sportchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — Sheraliyev O‘ktam (Jizzax viloyati)
2-o‘rin — Umarov Raxmon (Buxoro viloyati)
3-o‘rin — Vohidov Abdumutalib (Andijon viloyati)
Shuningdek, faxriylar o‘rtasida eng yaxshi ishtirokchi nominatsiyasi Andijon viloyatidan Xusanov Ibrohimga topshirildi.
Para shaxmat (erkaklar) bo‘yicha natijalar
Para shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda:
1-o‘rin — Mamarajabov Sardor (Toshkent shahri)
2-o‘rin — Otamurodov Nurlan (Navoiy viloyati)
3-o‘rin — G‘oyibnazarov Bahodir (Jizzax viloyati)
Eng yaxshi ishtirokchilar sifatida quyidagi sportchilar e’tirof etildi:
Mahmudov Sunatullo (Samarqand viloyati)
Hasanov Abray (Surxondaryo viloyati)
Burxonov Amriddin (Jizzax viloyati)
Abrayev Rustam (Surxondaryo viloyati)
Para shaxmat (ayollar) bo‘yicha g‘oliblar
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa:
1-o‘rin — Kakishova Selbi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
2-o‘rin — Abdullayeva Aydana (Toshkent viloyati)
3-o‘rin — Abdulmajidov Iltifot (Toshkent shahri)
Ayollar o‘rtasida eng yaxshi ishtirokchilar nominatsiyasiga:
Jo‘rayeva Karomat
Ravshanova Xadicha loyiq deb topildi.
Mazkur chempionat sportchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilishi bilan birga, shaxmat sportining ommalashuviga ham munosib hissa qo‘shdi.