Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 25.12.2025
view 33
RAPID VA BLITS BO‘YICHA FIDE JAHON CHEMPIONATI
timeline

Joriy yilning, 25–31-dekabr kunlari Qatar Davlatining Doha shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha FIDE Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 393 nafar yetakchi shaxmatchilari ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida 14 nafar yetakchi shaxmatchi bilan qatnashadi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 yevroni tashkil etib, shundan erkaklar bahslari uchun 700 000 yevro, ayollar bahslari uchun esa 300 000 yevro ajratilgan.

Chempionatda jahon reytingi yetakchilari — Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Arjun Erigaysi kabi kuchli shaxmatchilar bilan bir qatorda, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov va boshqa iqtidorli shaxmatchilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar.


Sahifalar cancel
Tillar