Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 29.12.2025
view 81
FIDE Jahon chempionati: blits bahslarida yetakchilar va O‘zbekiston terma jamoasi ko‘rsatkichlari
timeline

Kecha, 29-dekabr kuni blits yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida 1–13-turlar, ayollar o‘rtasida esa 1–10-tur bahslari o‘tkazildi.

13-tur yakunlariga ko‘ra erkaklar o‘rtasida Erigaisi Arjun (Hindiston, reytingi 2775), Fabiano Karuana (AQSh, reytingi 2795) hamda Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya, reytingi 2734) turnir jadvalida yetakchi uchlikda bormoqda.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida Nodirbek Abdusattorov 9 ochko bilan 10-o‘rinni, Javohir Sindarov esa 8,5 ochko bilan 25-o‘rinni egallab turibdi. Bu natijalar hamyurtlarimizning kuchli raqobat sharoitida barqaror o‘yin namoyish etayotganini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Umida Omonova 8 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turgani e’tiborga loyiq natija hisoblanadi. Gulruhbegim Tohirjonova esa 6 ochko bilan 37-o‘rinda bormoqda.

30-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da blits bo‘yicha yakuniy bahslar o‘tkaziladi. Unda erkaklar o‘rtasida 14–19-turlar, ayollar o‘rtasida esa 11–15-turlar rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, blits bahslarining birinchi bosqichi yakuniga ko‘ra eng yuqori o‘rinlarni egallagan 4 nafar shaxmatchi pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Sahifalar cancel
Tillar