Sport vazirligi binosida O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
2025-yilda mamlakatimizda jami 26 ta nufuzli shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Shundan 11 tasi respublika, 15 tasi xalqaro darajadagi turnirlar hisoblanadi.
Davlatimiz tomonidan shaxmatga qaratilayotgan tizimli e’tibor natijasida O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro nufuzi mustahkamlangani alohida ta’kidlandi.
FIDE reytingiga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 12-o‘ringa, ayollar terma jamoasi esa 15-o‘ringa ko‘tarildi.
Anjumanda jurnalist, bloger hamda boshqa jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.