Joriy yilning, 13–26-yanvar kunlari O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 2-tarkib vakillari uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi.
Jamoa bosh murabbiyi Pavel Elyanov rahbarligida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Butun jahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan.
Mashg‘ulotlar davomida shaxmatchilarning nazariy tayyorgarligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilib, kundalik reja asosida tizimli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.