Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 15.01.2026
view 44
Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
timeline

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Germaniyaning Weissenhaus shahrida 13–15-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan FIDE Freestyle Chess World Championship musobaqasining so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.

U chess.com platformasida o‘tkazilgan rasmiy Play-In saralash turnirida g‘olib chiqib, finalda Pranav Venkateshni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Jahon chempionatida ishtirok etuvchi shaxmatchilar:

Magnus Karlsen

Levon Aronyan

Fabiano Karuana

Vinsent Kaymer

Arjun Erigaysi

Javohir Sindarov

Hans Niman

Nodirbek Abdusattorov

Mazkur musobaqa FIDE va Freestyle Chess hamkorligida o‘tkazilayotgan ilk rasmiy Freestyle shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati hisoblanadi.

Sahifalar cancel
Tillar