Samarqand shahri mezbonlik qilgan, mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Women’s Chess Championship 2025” turniri yakunlandi. Dunyoning 14 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin ayol shaxmatchi ikki guruhda bosh sovrin uchun bahs olib bordi. So‘nggi 9-turda g‘oliblar aniqlandi. "A" guruhida bosh sovrin polshalik Alisiya Sliviskaga nasib etdi. U qora donalarda o‘ynashiga qaramay, rossiyalik Anastasiya Bondarukni mag‘lub etdi. 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘argan Alisiya turnir chempioniga aylandi. Vatandoshi Polina Shuvalova bilan durang o‘ynagan rossiyalik Anna Shuxman 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.