Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 25.01.2026
view 85
Navoiyda shaxmat bo'yicha U-20 O'zbekiston chempionati start oldi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan "To'dako'l" Xalqaro shaxmat maktabida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida O'zbekiston shaxmat chempionatiga start berildi.
timeline

Navoiyda shaxmat bo'yicha U-20 O'zbekiston chempionati start oldi!

Bugun, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan "To'dako'l" Xalqaro shaxmat maktabida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.

Ma'lumot o'rnida bahslar o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida alohida guruhlarda, aylanma tizimda (11 tur) standart yo'nalish bo'yicha o'tkazilmoqda. Har bir guruhda saralangan 12 nafar kuchli shaxmatchi dona suradi.

G'oliblar nafaqat qimmatbaho sovrinlar bilan 2026-yilgi O'zbekiston chempionati (Oliy liga) yo'llanmasini ham qo'lga kiritadilar!

Sahifalar cancel
Tillar