Group
Asosiy
●
Yangiliklar
●
calendar 02.02.2026
view 831
Abdusattorov Tata Steel Chess 2026 g‘olibi — O‘zbekiston shaxmati tarixida yangi sahifa
Nodirbek Abdusattorov nufuzli Tata Steel Chess 2026 turnirida tarixiy g‘alabaga erishib, ushbu turnirda chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek shaxmatchi sifatida tarixga kirdi. Javohir Sindarov ikkinchi o‘rinni egalladi.
timeline

Joriy yilning 16-yanvar — 1-fevral kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Tata Steel Chess 2026 xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

«Masters» guruhida 9 ochko jamg‘argan Nodirbek Abdusattorov musobaqa g‘olibiga aylandi va ushbu turnir tarixida chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek shaxmatchisi sifatida tarixga kirdi.

Yana bir vakilimiz — Javohir Sindarov 8,5 ochko bilan mag‘lubiyatsiz ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi pog‘onadan esa niderlandiyalik grossmeyster Yorden van Forest joy oldi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, Abdusattorov o‘z reytingini +19,5 punktga oshirib, 2770 reyting bilan kuchli beshlikka ko‘tarildi. Sindarov esa +19,4 qo‘shimcha ochko jamg‘arib, 2745 reyting bilan dunyo reytingida 11-o‘ringa chiqdi.

Sahifalar cancel
Tillar