Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 08.03.2026
view 26
O‘zbekistonlik shaxmatchilar Budapest Spring Festival 2026 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
2026-yilning 27-fevral — 7-mart kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida xalqaro shaxmat turniri Budapest Spring Festival 2026 bo‘lib o‘tdi. Saydaliyev Saidakbar “A” guruhida 2-o‘rinni egallab, 1 700 dollar mukofot yutdi.
timeline

2026-yilning 27-fevral — 7-mart kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir “Budapest Spring Festival 2026” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada 34 ta davlatdan 187 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston sharafini 6 nafar shaxmatchi himoya qildi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 9 025 AQSh dollarini tashkil etdi.

“A” guruhi natijalari:

Saydaliyev Saidakbar — 7 ochko bilan 2-o‘rinni egallab, 1 700 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi (+29,3 reyting)
Begmuratov Xumoyun — 6 ochko bilan 11-o‘rinni qayd etdi (+14,2 reyting)
Abdisalimov Abdimallik — 5 ochko bilan 26-o‘rinni egalladi
Abdurahmonov Muhammadali — 5 ochko bilan 39-o‘rinni qayd etdi
Nigmatov Ortiq — 1 ochko bilan 102-o‘rinni egalladi

“B” guruhi natijalari:

Umarov Behruz — 7 ochko bilan 4-o‘rinni egallab, reytingini +26,8 ga oshirdi

Shaxmatchilarimizni xalqaro maydondagi ajoyib natijalari bilan samimiy tabriklaymiz!

Sahifalar cancel
Tillar