2026-yilning 14–27-iyun kunlari Italiyaning Montesilvano shahrida shaxmat bo‘yicha 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida FIDE Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur chempionatda asosiy tarkib ishtirokchilari sifatida 2026-yilgi 14–18 yosh toifalarida O‘zbekiston chempionlari yuborilishi rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha tarkib ishtirokchilari joriy yilning 30-martigacha ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni yuborishlari so‘raladi.