24.05.2025
188
Tug‘ilgan kuningiz bilan, Abdulla Nigʻmatovich!
Hurmatli, Abdulla Nigʻmatovich!
Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatlaringiz, yangilanish va taraqqiyot yo‘lidagi qat’iy islohotlaringiz barchamizda chuqur hurmat va e’tirof uyg‘otadi. Sadoqat, mas’uliyat, halollik va zukkolik bilan yo‘g‘rilgan rahbarlik faoliyatingiz mamlakatimizning har sohada — jumladan, sport va intellektual rivojlanish borasida ham salmoqli yutuqlarga erishishida muhim omil bo‘lmoqda.
Sizning sportni, xususan, shaxmatni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiboringiz tufayli bugun yosh avlodimiz o‘z salohiyatini namoyon eta oladigan keng imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Bu esa, xalqaro maydonda ham O‘zbekiston shaxmat maktabining obro‘sini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
💐Sizga sihat-salomatlik, bardavom kuch-g‘ayrat, tinimsiz muvaffaqiyatlar va davlatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Cheksiz hurmat bilan, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasi!