Gruziyaning Batumi shahrida davom etayotgan 8-12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon kubogi doirasida masalalar yechish bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
10 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan vakilamiz — Xusnitdinova Husnoraxon (ayollar o‘rtasida FIDE sport ustaligiga nomzod) 17 nafar iqtidorli ishtirokchi orasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Bu yutuq nafaqat Husnoraniki, balki butun yurtimiz yosh shaxmatchilari uchun katta ilhom manbaidir!
Chin dildan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!