Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 10.07.2025
view 63
Ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi –2025: O‘zbekiston vakilalarining ishtiroki davom etmoqda!
timeline

Tay-brek bosqichida muvaffaqiyatga erishgan Umida Omonova fransiyalik xalqaro sport ustasi Sophie Milliet ustidan 3.5:2.5 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.

Musobaqaning 2-bosqichida o‘zbekistonlik shaxmatchilar quyidagi raqiblar bilan kuch sinashadi:

Tohirjonova Gulrukhbegim – Xitoy vakili, xalqaro sport ustasi Lu Miaoyi bilan;

Khamdamova Afruza – Hindiston vakili, xalqaro grossmeyster, rapid bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Koneru Humpy bilan;

Umida Omonova – Polsha vakili, Yevropa chempioni Alina Kashlinskaya bilan.


Ikkinchi bosqich uchrashuvlari 2025-yil 9-iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Sahifalar cancel
Tillar