Joriy yilning, 10-13-iyul kunlari Moskvada SHHT va BRICS davlatlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Superfinal musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqa SHHT va BRICS makonida shaxmatni rivojlantirish, yosh iqtidorlarni aniqlash hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Musobaqa ikki formatda o‘tkaziladi:
Offlayn: Moskva shahrida, 10–13 iyul kunlari;
Onlayn: 11–12 iyul kunlari, myChess.app (https://info.mychess.app/) platformasida.
BRICS va SHHT a’zolari – jumladan O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishadi (1 nafar o‘g‘il bola va 1 nafar qiz bola)
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi murabbiylar kengashi 19-son qaroriga ko‘ra, ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarni joriy yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining rapid yo‘nalishi hamda G‘arbiy Osiyo chempionatining natijalarini ko‘ra hisobga olingan holda tanlab olindi.
"B" guruhida 10 yoshgacha Xusnitdinova Xusnoraxon standart va rapid yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, G‘arbiy Osiyo chempioni;
"A" guruhida Farxodov Fazliddin 8 yoshgacha rapid bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, 8 yoshgacha G‘arbiy Osiyo chempionati kumush medali sohibi.