Poytaxtimiz mezbonlik qilgan ushbu nufuzli musobaqada Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi. Turnirda jami 10 nafar shaxmatchi aylanma tizimda kuch sinashdi.
Turnirdan koʻzlangan asosiy maqsad — shaxmatchilarga xalqaro sport ustasi normativini bajarish hamda reyting ochkolarini oshirish imkonini yaratishdir.
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin: Maqsat Atabayev (Turkmaniston) — 6,5 ochko bilan;
2-o‘rin: Akbarali Abduxakimov (O‘zbekiston) — 6 ochko bilan;
3-o‘rin: Tegin Tologon Semetey (Qirg‘iziston) — 5,5 ochko bilan.
Ushbu xalqaro turnir orqali nafaqat sport yutuqlari, balki mintaqaviy do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.