Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 20.07.2025
view 111
20-iyul — Xalqaro shaxmat kuni!
timeline

Bugun butun dunyo bo‘ylab aql, strategiya va sabr timsoli bo‘lgan shaxmat o‘yiniga ehtirom bajo keltirilmoqda.

Shaxmat bu — faqat o‘yin emas. Bu — hayotni o‘ylab yashash, har bir qadamni mas’uliyat bilan qo‘yish, yutqazib ham o‘sish san’ati!

64 katakdan iborat bu sehrli olamda hech qanday til yoki chegaralar yo‘q. Har bir yurish — yangi imkoniyat, har bir qaror — yangi marradir.

Oq va qora donalar ustida ko‘rsatilgan har bir jasorat, har bir fidokorlik — bu chin ma’nodagi g‘alabadir.

Shaxmat bayrami muborak! Aqlingiz charxli, g‘alabangiz bardavom bo‘lsin!


Sahifalar cancel
Tillar