Joriy yilning 19–27 iyul kunlari Fransiyaning Aix-en-Provence shahrida o‘tkazilayotgan “Dole Open–2025” xalqaro turnirida 44 davlatdan 276 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
3-tur yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik shaxmatchilarning ishtiroki quyidagicha:
G‘alaba qozonganlar:
• GM Abdimalik Abdisalimov – Chan Kim Yun (Malayziya, 2340)
• IM Saidakbar Saidaliyev – Zeyn-eddin El Zein (Livan, 2333)
• FM Bahrom Bakhrillaev – Sargis Manukyan (Armaniston)
• FM Asrorjon Omonov – Soumya Swaminathan (Hindiston, 2228)
• WIM Guldona Karimova – Hayk Yeritsyan (Armaniston, 2354)
Durang natija qayd etganlar:
• GM Mukhiddin Madaminov – Simon Lamaz (Fransiya, 2458)
• GM Ortiq Nigmatov – Bodhana Sivanandan (Angliya, 2087)
• IM Khumoyun Begmuratov – Viktor Haarmark Nielsen (Daniya, 2337)
• WGM Nilufar Yakubboeva – Dorian Dalo (Fransiya, 2280)
3-turdan so‘ng O‘zbekiston vakillarining reyting va ochko ko‘rsatkichlari:
• GM Mukhiddin Madaminov(reytingi 2553) – 2½ ochko
• GM Ortiq Nigmatov (2488) – 2½ ochko
• GM Abdimalik Abdisalimov(2482) – 2½ ochko
• IM Khumoyun Begmuratov (2470) – 2 ochko
• IM Saidakbar Saidaliyev (2457) – 2½ ochko
• FM Bahrom Bakhrillaev (2412) – 2 ochko
• IM Almas Rakhmatullaev(2409) – 1½ ochko
• FM Asrorjon Omonov(2371) – 2 ochko
• IM Muhammadali Abdurakhmonov (2366) – 1½ ochko
• WIM Guldona Karimova (2182) – 2 ochko
• WGM Nilufar Yakubboeva(2161) – 1 ochko
Turnir hali davom etmoqda. Oldinda yana muhim turlar kutmoqda. Shaxmatchilarimizga omad tilaymiz!